Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:03

O‘zbekistonlik Gulchehra Boboqulova Moskvada 4 yashar qizchani o‘ldirganini tan oldi


2 mart kuni sud zalidan xabar qilgan agentliklarga ko‘ra, Boboqulova sud zalida jilmayib va esnab o‘tirgan
2 mart kuni sud zalidan xabar qilgan agentliklarga ko‘ra, Boboqulova sud zalida jilmayib va esnab o‘tirgan

Moskvada 4 yashar qizchani o‘ldirganlik gumoni bilan hibsga olingan o‘zbekistonlik ayol sudga olib kelindi. Asli samarqandlik ekani aytilayotgan Gulchehra Boboqulova sud qaroriga ko‘ra, ikki oyga qamoqqa olindi. Rossiya matbuoti O‘zbekiston ichki ishlar idoralariga tayanib, 38 yoshli Gulchehra Boboqulovaga 1999 yilda o‘tkir shizofreniya diagnozi qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarlarni tarqatdi. Ozodlik manbalari ayol samarqandlik ekanini tasdiqladi, lekin uning ruhiy holatiga oid ma’lumotlarni tasdiqlamadi.

Dushanba kuni Moskvadagi metro bekati oldida qo‘lida yosh bolaning boshini ko‘targan holda qo‘lga olingan Gulchehra Boboqulova 2 mart kuni Presna tumani sudi qaroriga ko‘ra ikki oyga hibsga olindi.

Sud zaliga olib kirilayotgan paytda jurnalistlarning “nega unday qildingiz”, degan savoliga “Alloh buyurdi”, deya javob qaytardi O‘zbekiston fuqarosi Boboqulova.

Видео из зала суда: арест няни, обвиняемой в жестоком убийстве ребенка
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:35 0:00

U sud zalidagi qafasda farroshlar kiyadigan ko‘k fartukda o‘tirgan holda ham jurnalistlarning savollariga javob berdi. O‘zi enagalik qilgan 4 yashar qizchani o‘ldirganini tan olgan Boboqulova Samarqand viloyati, Samarqand tumani Navobod qishlog‘idan ekanini tasdiqladi.

Bundan avval “Moskovskiy Komsomolets” gazetasi Navobod qishlog‘i militsiya noziriga tayangan holda Boboqulovaning jiddiy ruhiy kasalligi boriligini xabar qildi. Xabarga ko‘ra, militsiya noziri Boboqulovaga 1999 yilda “o‘tkir shizofreniya diagnozi qo‘yilgan va ko‘p yillardan beri u dispanser ro‘yxatida bo‘lgan”, deya bildirgan.

Samarqand viloyati huquq-tartibot idoralaridagi Ozodlik manbasi Boboqulovaning asli Navobod qishlog‘idan ekanini tasdiqladi. Lekin uning ruhiy holatiga doir xabarlarni tasdiqlay olmasligini bildirdi. Navobod qishlog‘i militsiya noziri Ozodlik bilan gaplashishni istamadi va Rossiya matbuotiga ma’lumot berganini inkor etdi.

Gulchehra Boboqulova 29 fevral kuni Moskvaning “Oktyabrskoe pole” metro bekati yonida qo‘lida kesib olingan qizchaning boshini ko‘tarib yurgan paytda qo‘lga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, u o‘ldirilgan qizchaning enagasi bo‘lib ishlagan. Tergovchilarning gumon qilishicha, asli samarqandlik ayol qizchani o‘ldirib, boshini kesib olgan. Shundan so‘ng u izlarni yo‘qotish maqsadida kvartiraga o‘t qo‘ygan va voqea joyidan ketib qolgan.

U Moskvada Narodnogo opolcheniya ko‘chasidagi uyda, halok bo‘lgan qizcha oilasiga qo‘shni kvartirada rasman ro‘yxatdan o‘tmagan yashagani aniqlandi.

Jurnalistlar bilan muloqoti chog‘ida Boboqulova 13 yil avval ajrashgan turmushidan uch farzandi boriligini gapirib berdi.

Tergvochilar Boboqulovaning “ehtimoliy sheriklari va uni bu ishga qo‘l urishga undaganlar aniqlanmagani” vajiga ko‘ra, suddan uni 29 aprelga qadar hibsga olishni so‘rashdi. Sud tergov iltimosini qondirdi.

Sud qarorida, matbuot xabarlariga ko‘ra, o‘ldirilgan qizaloq 2011 yilda tug‘ilgani, Boboqulova qizchaning bo‘yin qismiga o‘limga sabab bo‘lgan jarohat yetkazib, undan keyin boshini tanasidan judo qilgani qayd etilgan.

Hozirda Tergov qo‘mitasining Moskva shahar boshqarmasi vakillari Boboqulova sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tkazilishi va u qotillikni sodir etishdan avval psixotrop moddalar iste’mol qilgan-qilmaganiborasida tekshiruv o‘tkazilishini bildirdi.

Boboqulovaga qarshi Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-bandiga (yosh bolani o‘ldirish) binoan jinoyat ishi ochildi. Bundan tashqari O‘zbekiston fuqarosiga jinoyat kodeksining 207-moddasida ko‘zda tutilgan terror harakati to‘g‘risida ataylabdan yolg‘on xabar berganlik ayblovi ham qo‘yilishi mumkin.

Москвада воқеа жойига гуллар олиб келинмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:25 0:00

Moskvada voqea joyiga gullar olib kelishyapti

Dushanba kuni butun Moskvani dahshatga solgan voqea Rossiya rasmiy telekanallarida umuman yoritilmagani rus tilidagi ijtimoiy tarmoqlar va mustaqil axborot vositalarida muhokamalarni keltirib chiqardi. Ko‘pchilik buni hukumatning Rossiyada hozirda kuzatilayotgan iqtisodiy qiyinchiliklar va kuzda bo‘lib o‘tadigan saylov arafasida mamlakatda salbiy voqealar ro‘y berayotganini xaspo‘shlash istagi bilan izohlashdi.

Prezident Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu iddaolarni rad etdi. Uning aytishicha, “markaziy telekanallar aqldan ozganrlarni ko‘rsatmaslik qarorini mustaqil tarzda qabul qilgan”.

Ayni paytda, bu mudhish voqea, markaziy-osiyolik, ayniqsa o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga nisbatan ta’qiblarning kuchayishiga turtki bo‘lgani kuzatilmoqda.

Moskvada ko‘p yillardan beri enaga bo‘lib ishlaydigan Sayyora Ahmedova Ozodlik bilan suhbatda kecha Moskvadagi savdo markazlaridan birida millatchilik kayfiyatida bo‘lgan bir guruh mahalliylarning farrosh ayollarga qarata ochiqchasiga tahdid qilganiga guvoh bo‘lganini aytadi:

- Men shu bitta aqli joyida emas ayolni deb hamma boshqa o‘zbek ayollar ko‘chaga chiqmay qolishi mumkin deb aytishyapti. Kecha shu yerda savdo markazlarida odamlar yig‘ilib, o‘rislar “biz ham mana shu uzbechkalarning boshini kesamiz!” debdi. Savdogar o‘zbek ayollar xonasiga berkinib, chiqisha olmabdi. Bu Beskudnikovodagi katta savdo markazida bo‘libdi, deb aytishdi menga. Hamma metroda ham xavfsiragan ko‘z bilan qaraydi – bu nohaqlik: bitta odamni deb hammani sud qilish,- deydi Sayyora Ahmedova.

XS
SM
MD
LG