Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:33

Arab davlatlari Hizbulloh guruhini terrorchi tashkilot, deb e’lon qildi


Arab davlatlari ligasi ichki ishlar vazirlari Hizbulloh radikal guruhini terrorchi tashkilot deb tan olish uchun ovoz berdilar, deya xabar qiladi Bi-Bi-Si.

Avvalroq bu kabi qarorni Fors qo‘ltig‘idagi Arab davlatlari hamkorlik kengashi qabul qilgandi.

Hizbullohni terrorchi tashkilot o‘laroq tan olish ovozga qo‘yilgan majlisni Livan va Iroq ichki ishlar vazirlari norozilik ifodasi sifatida tark etganlar.

Fors qo‘ltig‘idagi mamlakatlar Livandagi asosiy siyosiy kuchlardan biri va Suriya prezidenti Bashar Assadning harbiy ittifoqchisi bo‘lgan Hizbulloh guruhiga bosim o‘tkazib keladilar.

Fors qo‘ltig‘idagi Arab davlatlari hamkorlik kengashi bu guruhni ko‘rfaz mamlakatlarida yoshlarni terror xurujlariga jalb qilayotganlikda ayblab keladi.

Fevral oyida Saudiy Arabistoni Livan armiyasini moliyalashtirishdan bosh tortgan. Avvalroq Ar-Riyod buning uchun 3 milliard dollar sarf qilishi mumkinligi taxmin qilingandi.

XS
SM
MD
LG