Линклар

logo-print

Rossiya poytaxtida nogiron qizchani o‘ldirgan Gulchehra Boboqulovaning Samarqanddagi 19 yoshli o‘g‘li hibsga olingan. Bu haqda Gazeta.ru nashri Boboqulovaning otasi Bahriddin To‘raev so‘zlariga tayangan holda xabar qildi.

62 yoshli Bahriddin aka Gulchehraning katta o‘g‘li Rahmatullo militsiya tomonidan hibsga olingani, biroq qizining qilmishiga aloqasi bor-yo‘qligi noma’lum bo‘lgan nevarasining hozir qaerda saqlanayotganini bilmasligini aytgan.

Bahriddin To‘raev qizining qulog‘iga anchadan beri allaqanday ovozlar eshitilib kelgani va “ko‘ziga qon ko‘ringan”i e’tirof etgan hamda Gulchehraning qilmishi uchun barchadan uzr so‘ragan.

XS
SM
MD
LG