Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:31

O‘zbekistonlik enaga Moskvadagi nogiron qizchani Suriyani bombalayotgan Putindan o‘ch olish uchun o‘ldirganini aytdi


Moskvada 4 yoshli qizaloqni o‘ldirgani uchun hibsga olingan samarqandlik Gulchehra Boboqulova bu ishni Suriyada yosh bolalarning qonini to‘kayotgan Vladimir Putindan qasos olish uchun amalga oshirganini e’tirof etdi.

Feysbuk tarmog‘i orqali e’lon qilingan videoda Boboqulova Suriyaga ketmoqchi bo‘lgani, biroq puli yo‘qligi uchun ketolmaganini aytgan.

Dushanba kuni Moskvadagi metro bekati oldida qo‘lida yosh bolaning boshini ko‘targan holda qo‘lga olingan Gulchehra Boboqulova kecha Presna tuman sudi qarori bilan ikki oyga hibs etildi.

Sud zaliga olib kirilayotgan paytda jurnalistlarning: “Nega unday qildingiz?” degan savoliga ayol: “Alloh buyurdi”, deya javob qaytargan.

Shizofreniya xastaligiga chalingani aytilayotgan Gulchehra Boboqulova, rossiyalik rasmiylarga ko‘ra, endilikda sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tadi va uning qotillikni sodir etishdan avval psixotrop moddalar iste’mol qilgan-qilmagani tekshiriladi.

Boboqulovaga nisbatan ayblov 4 mart kuni e’lon qilinishi kutilayapti. Tergov Boboqulovani jinoyatga undagan sheriklari bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

XS
SM
MD
LG