Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:27

BMT Xavfsizlik kengashi Pxenyanga qarshi sanksiyalarni kuchaytirdi


BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreya tomonidan o‘tgan oy ballistik raketa uchirilishiga javoban Pxenyanga qarshi xalqaro sanksiyalarni sezilarli darajada kengaytirishni ko‘zda tutgan rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Yangi qoidalarga ko‘ra, endilikda Shimoliy Koreyaga yo‘l olgan va bu mamlakatdan kelayotgan barcha yuk kemalari majburiy tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.

Shuningdek, Shimoliy Koreyaga kichik kalibrdagi va yengil qurol-aslahalarning har qanaqa turini sotish yoki topshirishga taqiq joriy qilindi.

Bundan tashqari, sanksiyalar “qora ro‘yxat”idagi shaxslar va tashkilotlar ro‘yxati kengaytirildi. Ommaviy axborot vositalari bular so‘nggi yigirma yil ichida joriy qilingan eng keskin choralar ekani haqida yozmoqdalar.

AQSh prezidenti Barak Obama BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar kuchaytirilishini olqishladi.

XS
SM
MD
LG