Линклар

logo-print

AQSh prezidenti Barak Obama Ukrainadagi voqealar tufayli Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar muddatini bir yilga uzaytirdi.

Chorshanba kuni Oq uy tarafidan tarqatilgan bayonotda “Ukrainada demokratik jarayonlar va institutlarni qo‘porish bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning xatti-harakati va siyosati mamlakat tinchligi, xavfsizligi, barqarorligi, suvereniteti va hudud yaxlitligiga xavf solayotgani aytiladi. Shuningdek, bayonotda yuzaga kelgan vaziyat AQSh milliy xavfsizligi va tashqi siyosati uchun favqulodda tahdid tug‘dirayotgani ham qayd etiladi.

Shundan kelib chiqqan holda, AQSh prezidenti 2014 yilda imzolangan 13660-farmonga muvofiq, Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalar rejimini davom ettirishga qaror qilgan. Sanksiyalar muhlati 2017 yil 6 martigacha uzaytirilgan.

Bu hujjatdan tashqari, Obama 2014 yilda Ukrainadagi vaziyat va Qrim yarimorolining Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi bilan bog‘liq ravishda yana uchta farmoyish imzolagandi.

XS
SM
MD
LG