Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:35

Rossiya Arktikada havoga qarshi mudofaa tizimini quradi


Moskva Arktikada havoga qarshi mudofaa tizimini qurmoqda. Bu haqda 3 mart kuni Rossiyaning davlatga qarashli TASS agentligi xabar tarqatdi.

Mazkur xabar NATO kuchlari qo‘mondoni Filip Bridlavning AQSh kongressida qilgan chiqishining ertasiga yoyinlandi. Kongressdagi chiqishida Bridlav Rossiya Arktikani militarizatsiya qilayotganini bildirgandi. Rossiya Arktikadagi harbiy hozirligini bu qit’ada foydali qazilmalar qazib olish va logistika sharoitini yaxshilash qabatida kengaytirmoqda.

Rossiyaning Arktikadagi raketa tizimi yaqin masofaga uchadigan hamda samolyot va qanotli raketalarni urib tushirishga mo‘ljallangan “Tor” zenit-raketa kompleksiga asoslanishi taxmin qilinmoqda.

TASS agentligining “Tor” kompleksini ishlab chiqaradigan “Almaz-Antey” davlat kompaniyasi bayonotiga asoslangan holda xabar qilishicha, shirkat kompleksning Arktika variantini ishlab chiqishga kirishgan.

O‘tgan yilning mart oyida Arktikada keng ko‘lamli harbiy mashqlar o‘tkazgan, unda 38 ming harbiy, uchoqlar va suvosti kemalari ishtirok etgandi.

Mashqlardan bir necha kun o‘tgach, Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Daniya va Islandiya mudofaa vazirlari Rossiya tajovuziga qarshi himoyalanishda hamkorlik qilish haqidagi qo‘shma bayonot bilan chiqqandilar.

XS
SM
MD
LG