Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:16

Gruziyaliklar iyun oyidan YeIga vizasiz sayohat qilishlari mumkin


Gruziya Tashqi ishlar vaziri Mixeil Janelidzening Ozodlikka aytishicha¸ joriy yilning iyun oyidan gruziyaliklar Yevropa Ittifoqi hududiga vizasiz sayohat qilishlari mumkin.

Vazirga ko‘ra¸ vizasiz sayohat haqidagi hujjatning 8 mart kuni YeI Komissiyasiga taqdim qilinishi kutilmoqda.

Shundan so‘ng mazkur hujjatning Yevropa parlamenti tomonidan qabul qilinadi.

Ukraina va Gruziya fuqarolarining ittifoq hududiga kirishini liberallashtirish jarayonini birga ko‘rib chiqaëtgan YeI Komissiyasi joriy hafta bu ikki davlat vaziyatini alohida ko‘rib chiqish va gruziyaliklar uchun vizasiz sayohat tizimiga o‘tishni tezlatishga qaror qildi.

YeI rasmiylari Ukrainadagi siyosiy beqarorlik va mamlakatdagi iqtisodlarning sust borayotgani bilan bog‘liq xavotirlar bois Kiev hukumati bilan vizasiz sayohat rejimi haqidagi kelishuv imzolanishi kechikishini bildirmoqda.

XS
SM
MD
LG