Линклар

logo-print

Britaniya Bosh vaziri matbuot xizmatiga ko‘ra¸ 4 mart kuni Britaniya¸ Fransiya¸ Germaniya yetakchilarining Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali birgalikda gaplashishi kutilmoqda.

David Kameron¸ Fransua Olland va Angela Merkel Putin bilan asosan Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvga amal qilish masalasida gaplashadi.

Yevropa rahbarlarining Suriyada siyosiy o‘tish davrini boshlash uchun o‘t ochmaslik kelishuvini ijro qilish muhimligini ta’kidlashi kutilmoqda.

O‘tgan hafta kuchga kirgan o‘t ochmaslik to‘g‘risidagi kelishuv Suriyada besh yildan beri davom etayotgan urushni to‘xtatish yo‘lidagi birinchi jiddiy qadam sifatida ko‘rilmoqda.

Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanilayotgan Suriya prezidenti Bashar Asad kuchlari va muxolifat guruhlari o‘rtasidagi mazkur kelishuvga Islomiy davlat va Al-Qoidaga aloqador Al-Nusra jabhasi qo‘shilmagan.

Suriyadagi urush oqibatida hozirga qadar o‘lganlar soni 270 mingdan oshdi¸ millionlab odam uy-joyini tashlab qochishga majbur bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG