Линклар

logo-print

3 mart kuni turk politsiyasi Istanbul yaqinidagi Bayrampasha shaharchasida politsiya avtobusiga hujum qilgan ikki ayolni otib o‘ldirdi.

Turk matbuoti xabarlariga ko‘ra¸ hujum qilgan ayollar darhol qurshab olingan va otib o‘ldirilgan.

Ayollardan biri politsiya uchastkasiga kirib kelgan avtobusga granata otgan¸ ikkinchisi avtomatdan o‘t ochgan. Bunga javoban politsiyachilar ham o‘t ochgan va hujumchilarni o‘ldirgan.

Hujum uchun faoliyati taqiqlangan Inqilobiy xalq ozodligi fronti partiyasi mas’uliyatni zimmasiga oldi.

Ashaddiy so‘lchi bu partiyaning Turkiyada marksizm ta’limotiga asoslangan davlat qurish uchun 30 yildan beri olib borayotgan kurashi davomida o‘nlab politsiya xodimlari o‘ldirilgan.

XS
SM
MD
LG