Линклар

logo-print

Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiysi Vladimir Markinga ko‘ra¸ Moskvada 4 yashar qizchani o‘ldirib¸ uning boshini tanasidan judo qilgan samarqandlik Gulchehra Boboqulova ishi yuzasidan borayotgan tergov jarayonida o‘zbekistonlik huquq tizimlari ham qatnashadi.

Markinga ko‘ra¸ Tergov qo‘mitasining Toshkentga yuborgan so‘roviga darhol ijobiy javob kelgan va O‘zbekiston huquq tizimlari Boboqulovaning shaxsiga oid ma’lumot to‘plash jarayonida qo‘ldan kelgancha yordam berishni va’da qilgan.

Tergov qo‘mitasi vakili¸ yaqin orada O‘zbekiston fuqarosiga qotillik bo‘yicha rasmiy ayblov e’lon qilinishi¸ ayni paytda¸ uning Rossiya hududida statsionar psixologik ekspertizadan o‘tkazilishini bildirdi.

Markin shuningdek¸ tergov jaraënining ob’ektiv o‘tkazilishi va unga oid ma’lumotlar bevosita jamoatchilikka bildirib borilishini ham qo‘shimcha qildi.

29 fevral kuni Moskvaning "Oktyabrskoe pole" metro bekati yaqinida bolaning kesilgan boshini ko‘tarib¸“Ollohu akbar” deb qichqirib yurgan ayol qo‘lga olindi.

Bu ayolning 35 yashar O‘zbekiston fuqarosi Gulchehra Boboqulova¸ o‘ldirilgan bolaning esa¸ u enagalik qilib kelgan 4 yashar kasal qizaloq ekani aniqlandi.

Boboqulova dastlabki sudda qizchani ollohning buyrug‘i bilan o‘ldirgani haqida gapirdi.

Rossiya matbuotiga ko‘ra¸ tergov davomida ruhan kasal ekani aytilayotgan ayolning Suriyadagi IShID terror guruhiga aloqasi bor-yo‘qligi ham o‘rganilmoqda.

XS
SM
MD
LG