Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:08

Qozon izolyatoridagi o‘zbeklar "egasiz" qolgan


Rossiyaning Qozon shahrida joylashgan Xorij fuqarolarini vaqtinchalik saqlash markazi (SUVSIG)dan Ozodlikka murojaat qilgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari mahalliy diaspora va elchixona tomonidan bee’tibor qolayotganidan shikoyat qildi.

Bir necha oydan buyon deportatsiya qilinishini kutib yotgan mehnat muhojirlari O‘zbekistonga chiqib ketish uchun hujjatlarning bunchalik uzoq vaqt tayyorlanishi sabablarini bila olmat hayron

Qozon shahrining Esh Uram, 8 manzili bo‘yicha Tataristonda eng yirik Xorij fuqarolarini saqlash markazi joylashgan.

O‘zini Muhammadjon deb tanishtirgan O‘zbekiston fuqarosi mutassaddi xodimlarga “Nima uchun tojik va qirg‘iz muhojirlari o‘zbeklardan tezroq jo‘natilayapti?” savoli borligi bildirdi:

- Masala shundaki, Tojikiston, Qirg‘iziston posolьstvasi kelyapti – ular ketyapti, lekin O‘zbekiston pasport stoli vakili kelmayapti. Men o‘zi 50 kun bo‘ldi bu yerga tushganimga. Bu yerda 70 ortiq o‘zbek yotibdi. Ko‘pchiligida pasporti, boshqa hujjatlari bor, lekin keta olmayapti. O‘zbek diasporasi vakillariga murojaat qilsak, “ertaga-indinga” qilib, quloqqa lag‘mon osayapti. Ko‘pchilik 2-3 oy o‘tiribdi, 4 oy o‘tirgan ham bor. Bu yerda bollarning toqati tog‘ bo‘ldi, dedi ko‘pchilik fikrini telefon orqali bildirgan Muhammadjon aka.

Suhbatdosh qo‘shni respublikalik muhojirlar o‘z elchixonasi va diasporasi yordamida 15-20 kunda yurtiga jo‘natilayotganini aytdi. U buni ko‘rib turgan o‘zbekistonliklar orasida O‘zbekiston vakolatxonasi ishidan qattiq noroziliklar yuzaga keldi, deydi.

Rossiyaga vodiydan kelib, migratsiya idorasi ko‘liga tushgan yana bir yoshroq suhbatdoshimizning ismi Rahmonberdi. Bu yigit ham SUVSIGda saqlanayotgan o‘zbeklar o‘z hukumati va Qozonda yashayotgan diaspora vakillari tomonidan mutlaqo e’tiborsiz qolganidan xafa bo‘layotganini aytadi.

- Biz diaspora aybi bilan o‘tirganimiz yo‘q. O‘z aybimiz bilan o‘tirganimizni ham tan olamiz. Bu yerda Ukraina, Tojikiston, Qirg‘iziston fuqarolari bilan yotamiz. Jami markazda 200 yaqin odam bo‘lsa, shuni qariyb 50 foizi o‘zbek, chunki O‘zbekistonga oxirgi marotaba bir oy oldin yuborilgan. O‘shanda ham kimdir 5, kimdir 6-8 oylarda ketgan. Bir oy oldin diaspora vakillari kelgan, lekin “Fuqarolarimiz bor shu erda!”, deb kelmagan edi – bu yerda oz-moz janjal bo‘lganidan keyin chaqirtirildi. “Shoshilishim kerak!”, deb ketvordi. Hammada savollar javobsiz qoldi! Boshqa diaspora vakillari ikki kunda bir shu erda! O‘zbek diasporasidan natija bo‘lmagandan keyin ..., dedi Rahmonberdi.

Muhojirning aytishicha, Qozondagi o‘zbek diasporasi vakillari “erta-indin” bilan boqib kelayotgani o‘zbekistonliklarga og‘ir botmoqda.

Rahmonberdiga ko‘ra¸ izolyatorda bir qancha o‘zbekistonlik bolalik va bolasiz ayollar ham saqlanmoqda:

- Oxirgi marotaba kelganida “Nima, mening aybim bilan o‘tiribsanlarmi?” degan qo‘pol gaplar ham bo‘ldi. Pastda ikkita bolalik va 6-7ta bolasiz ayollar bor. Biroz tushkunlikka tushgan odamlarni qo‘llab-quvvatlash degan narsalar bor, axir. Avvalambor, talabimiz tezroq ketish. To‘g‘ri, odamlarimiz soni ko‘pligi bois biz jichcha kutishga majburmiz, kutamiz. Shu diaspora vakillarimiz kelib biroz dalda bo‘lib tursin. Boshqa hech narsa kerak emas, dedi o‘zbekistonlik muhojir.

Қозон шаҳар СУВСИГидаги ўзбекистонликлар билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:03 0:00
Бевосита линк

Ozodlik Qozon SUVSIGi rahbari Ruslan Sadreev bilan o‘zbek muhojirlari shikoyati yuzasidan suhbatlashib ko‘rdi. Izolyator boshlig‘i “hujjatlar joyida bo‘lsa¸ muammo yo‘q”, degan javob berdi:

- Agarda biror hujjati joyida bo‘lmasa, uni rasmiylashtirish kerakligi muammo bo‘lib turibdi. Hamma hujjati joyida bo‘lsa ularni bir oydan ortiq hech kim ushlab turmaydi. Odatda, hujjati yo‘q yoki sud qarori ustidan arz qilganlarni saqlash muddati cho‘ziladi. O‘zbekiston masalasida hech qanday muammo yo‘q, bo‘lmagan. Hozir o‘zbek milliy avtonomiyasi rahbari Moskvada chiqish sertifikatlarini olib kelishga ketgan, dedi Ruslan Rafaelevich Sadreev.

Rossiyaning boshqa mintalaqalida joylashgan ko‘plab Xorij fuqarolarini vaqtinchalik saqlash markazlarida ham O‘zbekistonga jo‘natish bilan muammolar vujudga kelib turgani to‘g‘risida oldinroq ham xabar berilgan edi.

XS
SM
MD
LG