Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:34

O‘zbek programmachilari Galagram messenjerini ishlab chiqdi


O‘zbekiston mahalliy nashrlari o‘zbek programmachilari WhatsApp va Viber bilan raqobatlasha oladigan messenjer ishlab chiqqani haqida xabar tarqatdi.

Payshanba kunigi xabarlarda aytilishicha,Star Palete shirkati programmachilari yaratgan messenjer Galagram deb ataladi.

Bepul foydalanish mumkin bo‘lgan messenjer orqali matn, surat, ovozli smaylik, foto, video va audioxabarlarni jo‘natish, besh va undan ortiq odam uchun videokonferensiya o‘tkazish, onlayn o‘yinlarni o‘ynash hamda xalqaro kirish-chiqish qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Galagram smartfon va kompyuterlar uchun mo‘ljallangan.

Galagram xalqaro bozorda xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan va ingliz, rus, o‘zbek, xitoy hamda boshqa tillarga ega bo‘lgan interfeysga ega.

Foydalanuvchilarning akkauntlari esa telefon nomerlariga bog‘langan bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG