Линклар

Forbes jurnali e’lon qilgan milliarderlar reytingida USM Holdings aksiyalarining 48 foiziga egadorlik qilayotgan kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonov 12,5 milliard dollar boylikka ega ekani qayd etilgan.

Reytingda Alisher Usmonov dunyo milliarderlari orasida 73- o‘rinni egallagan. Reytingda aytilishicha, Usmonovnning boyligi o‘tgan yilga qaraganda 2 milliard dollarga ozaygan va Rossiyada boyligi bo‘yicha 3-o‘ringa tushib qolgan. 2011 yildan 2014 yilgacha Usmonov Rossiyaning eng boy odami sifatida reytingning birinchi pog‘onasidan joy olib kelgan edi.

Forbes reytingida dunyoning eng boy odami sifatida 79,3 milliard dollar boylikka ega bo‘lgan Microsoft shirokati asoschisi Bill Geyts nomi keltirilgan.

Birinchi marta jahonning eng boy odamlari yigirmataligiga kiritilganlar orasida Facebook asoschisi Mark Sukerberg 33,4 milliard dollari bilan 16-o‘rinda qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG