Линклар

logo-print

Emirates Airline shirkatiga qarashli A380 samolyoti eng uzoq masofaga to‘xtamay uchish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Bi-Bi-Sining xabar berishicha, samolyot Dubaydan Yangi Zelandiyaning Oklend shahrigacha bo‘lgan 14 ming 200 kilometr masofani 17 soat 15 daqiqada uchib o‘tgan.

Bundan oldingi rekord Qantas aviashirkati tomonidan o‘rnatilgan edi. 2014 yilda Sidneydan Dubayga uchgan samolyot 13 ming 800 kilometrli masofani hech qaerda to‘xtamay 17 soatda uchib o‘tgan.

Emirates Airline shirkati yaqin kunlarda o‘z rekordini yangilashi kutilmoqda. Aviashirkat Dubay va Panama o‘rtasida parvozlarni amalga oshirmoqchi. Parvozning umumiy vaqti 17 soat 35 minutga teng bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG