Линклар

Rossiya tomonidan sud qilinayotgan ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenko payshanba kuni to‘rtinchi marotaba ochlik e’lon qildi.

3 mart kuni Donetsk shahar sudida o‘tgan jarayonda sudьya Nadejda Savchenkoga so‘nggi so‘z bermadi va sud majlisini yopiq deb e’lon qildi. Navbatdagi jarayon 9 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Chorshanba kungi jarayonda prokuror suddan Savchenkonini 23 yillik qamoq jazosi va 100 ming rubl jarimaga tortishni iltimos qilgan edi.

Savchenkoning yaqinlari uning sudda so‘zlashi kutilayotgan nutqini matbuotda e’lon qildi. Nutq matnida Savchenko o‘ziga bildirilgan ayblovni, sudni va sud chiqaradigan hukmni tan olmasligini aytgan.

Savchenko, shuningdek, sud hukm chiqarganidan so‘ng ham ochlikni 10 kun davomida davom ettirishini yozgan. “Shundan so‘ng Rossiya meni o‘g‘irlab kelishgan Ukrainaga qaytarish uchun 10 kunlik muddatga ega bo‘ladi”, deb yozadi Savchenko.

Savchenko Rossiya hududiga noqonuniy kirish va 2014 yilda Ukraina sharqida ikki rossiyalik jurnalistning o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblanmoqda. Uchuvchi ayblovni inkor qilib keladi.

Uchuvchining advokatlari esa jurnalistlar o‘ldirilgan kezda Savchenko rossiyaparast separatchi guruhlar qo‘lida hibsda bo‘lgani va aynan ular tomonidan Rossiyaga olib o‘tilganini tasdiqlovchi dalillar borligini aytmoqda.

Inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar va G‘arb hukumatlari uchuvchini ozod qilish bo‘yicha Kiev so‘rovini quvvatlashini bildirgan.

34 yashar uchuvchi ayol ayanchli taqdiri va Rossiya qamoqxonasidagi matonati uchun Ukrainada milliy qahramonga aylangan.

XS
SM
MD
LG