Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:30

Parijda Ukraina bo‘yicha navbatdagi muzokaralar boshlandi


Parijda 3 mart kuni Fransiya, Rossiya, Ukraina va Germaniya tashqi ishlar vazirlari Ukraina sharqida tinchlik o‘rnatish yuzasidan imzolangan Minsk kelishimini amalga tadbiq etish masalasida muzokaralarni boshladi.

Uchrashuv arafasida Germaniya tashqi ishlar vaziri Shtanmayer Ukraina hamda Rossiya muzokaralar chog‘ida murosaga kelishini umid qilayotganini, o‘t ochishni to‘xtatish bitimi yanada mustahkamlanishi kutilayotganini aytdi.

Kiev va G‘arb davlatlari Moskvani Ukraina sharqidagi isyonchilarni qo‘llayotganlikda, Minsk shartnomasiga zid ravishda isyonchilarni qurol, malakali ofitserlar bilan ta’minlayotganlikda ayblab keladi. Rossiya esa bu ayblovlarni inkor etib kelmoqda.

2015 yil fevralida Belarus poytaxti Minskda Rossiya va Ukraina Germaniya hamda Fransiya o‘rtamchiligida Donetskda o‘t ochishni to‘xtatish bitimini imzolagan edi.

XS
SM
MD
LG