Линклар

Moskvalik musulmonlar bugun juma namozi paytida yig‘ilgan ehson pullarini o‘zbekistonlik enaga tomonidan o‘ldirilgan 4 yoshli qizning oilasiga topshiradi. Bu haqda “Interfaks” agentligi Rossiya muftiyatiga tayangan holda xabar tarqatdi.

Muftiyatning bildirishicha, bu harakat “bir oilaning fojeasidan larzaga kelgan Rossiya jamiyatining ma’naviy birligi ramzi” bo‘ladi. Rossiya muftiyati qotillik islom dinidagi odam tomonidan sodir etilgan jinoyat sifatida taqdim etilayotganidan afsus bildirdi.

Avvalroq rossiyaliklar o‘ldirilgan qizaloqning oilasiga 4 million rubl mablag‘ to‘plab bergani xabar qilingan edi. Qizning otasi to‘plangan pullarning dafn marosimidan ortib qolgan qismini nogiron farzandlarni tarbiyalayotgan oilalarga bo‘lib berishini bildirgan.

29 fevral kuni Moskvadagi “Oktyabrskoe pole” metro bekati yonida yosh bolaning tanasidan judo qilingan kallasini ko‘tarib, “Allohu Akbar!” deb baqirib yurgan qora qiyimdagi ayol politsiya tomonidan hibs etilgandi. O‘zbekistonlik 39 yoshli muhojir Gulchehra Boboqulova ekani aytilayotgan bu ayolning ruxiy xasta ekani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG