Линклар

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakatdagi yadroviy qurollarni shay holatga keltirishni topshirdi.

Bu haqda xabar qilgan KCNA rasmiy nashri Kim Chen Inning “Biz yadroviy qurollarimizni istalgan vaqt ishlatishga tayyor turishimiz kerak”, degan so‘zlarini iqtibos sifatida keltirdi.

Pxenyan rahbari AQShni "o‘zga davlatlarda urush va falokatni qo‘zg‘ayotganlik"da ayblab, mamlakat suverenitetini saqlash uchun yadroviy imkoniyatlarni kengaytirish lozimligini ta’kidladi.

AQSh Mudofaa vazirligi rasmiysi Bill Urban Pxenyan rahbarini “provokatsiya ko‘rinishidagi harakatlardan tiyilish”ga chaqirdi.

Pxenьyanning bu harakatlari 2 mart kuni BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaga qarshi sanktsiyalarni kuchaytirganidan so‘ng boshlandi.

So‘nggi 20 yil ichidagi eng keskin sanksiyalar ekani aytilayotgan yangi choralar natijasida endilikda Shimoliy Koreyaga yo‘l olgan va bu mamlakatdan kelayotgan barcha yuk kemalari majburiy tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.

Shuningdek, Shimoliy Koreyaga kichik kalibrdagi va yengil qurol-aslahalarning har qanaqa turini sotish yoki topshirishga taqiq joriy qilindi.

XS
SM
MD
LG