Линклар

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi o‘tkazgan so‘rov natijasiga ko‘ra, mamlakat terma jamoa o‘yinchisi va Rossiyaning "Krasnodar" futbol klubi tarkibida o‘ynayotgan Odil Ahmedov O‘zbekistonning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Shu bilan Odil Ahmedov to‘rtinchi bor O‘zbekistonning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Sports.ru nashri ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili Odil Ahmedov Rossiyaning eng ko‘p ish haqi oladigan futbolchilari reytingining 55-pog‘onasini egallagan va bir yilda 1 million 700 ming evro daromad topgan.

Odil Ahmedov 2015 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining eng qimmat o‘yinchisi hisoblanadi. Uning transfer haqi 8,5 million evroni tashkil qiladi.

Ahmedov 2014 yildan beri Rossiyaning “Krasnodar” klubida faoliyat yuritib kelmoqda. Bungacha u Rossiyaning “Anji” va O‘zbekistonning “Paxtakor” klublarida to‘p surgan.

1987 yili Namanganda tug‘ilgan Ahmedov 2007 yildan beri futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosidir.

XS
SM
MD
LG