Линклар

1 martdan boshlab Toshkent shahrida joylashgan yirik savdo maskanlaridan biri bo‘lgan “Trend” supermarketi yopildi.

Bu haqda supermarketning Feysbukdagi sahifasida e’lon qilindi.

Atigi 2 yilu 2 oy davomida faoliyat ko‘rsatgan ushbu supermarketning nima sababdan yopilgani Ozodlikka ma’lum emas.

“Trend” supermarketi poytaxtning “Next” hamda “Vega” savdo-ko‘ngilochar majmualari ichida joylashgan edi.

O‘zbekistonda gullab-yashnayotgan biznes egalarining sindirilishi, bankrotga uchrashi tez-tez kuzatiladi.

Jumladan, Toshkentda bir necha yil davomida eng yirik savdo markazi hisoblangan "Turkuaz" supermarketlar tarmog‘i ham yopilgan va uni ochgan Turkiyadagi "Gunes Textil" shirkati mamlakatga yirik sarmoyalarni kiritib¸ bor-yo‘g‘idan ayrilgach 2012 yilda mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG