Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:16

O‘zbekiston qidirayotgan pedofil Peterburgda ushlandi


Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida voyaga yetmagan bolalarga nisbatan bir necha bor jinsiy tajovuz qilganlikda ayblanib xalqaro qidiruvga berilgan 21 yashar yigit Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida hibsga olindi.

CA-NEWS ma’lumotiga ko‘ra, ismi ochiqlanmayotgan marg‘ilonlik yigit 3 mart kuni Peterburgning “Krasniy tekstilshchik” ko‘chasida joylashgan migratsiya markazida politsiya tomonidan hibsga olingan.

21 yashar yigitga nisbatan Marg‘ilon huquq-tartibot idoralari tomonidan 16 yoshga to‘lmagan, voyaga yetmaganlar bilan bir necha bor jinsiy aloqa qilganlik aybi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

XS
SM
MD
LG