Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:53

Belgorod koloniyasida o‘zbek qochqini g‘oyib bo‘ldi


 Belgorod viloyatidagi 5-sonli ATK
Belgorod viloyatidagi 5-sonli ATK

Rossiyaning Belgorod shaharchasidagi 4-sonli axloq tuzatish koloniyasidan ozodlikka chiqarilgan yana bir o‘zbek qochqini, qarshilik Sarvar Mardiev g‘oyib bo‘ldi. Huquq faollari Mardievning rasmiy Toshkentga topshirilganini taxmin qilishmoqda. O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari Mardievni "jihodchilik"da ayblab, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘agan.

4 mart kuni tong saharda Rossiyaning Belgorod viloyati Alekseevka shaharchasidagi 4-sonli axloq tuzatish koloniyasidan ozodlikka 29 yoshli qarshilik muhojir Sarvar Mardiev chiqishi kerak edi.

Mardievning shaxsiy iltimosiga ko‘ra, uni koloniya eshigi oldida kutib olishga borgan “Yordam” inson huquqlari himoyasi tashkiloti rahbari, “Memorial” faoli Bahrom Hamroev “qora niqob”dagi FSB xodimlari Sarvarni “Gazel” avtomashinasida noma’lum tomonga olib ketganini aniqlaganini Ozodlikka gapirib berdi:

- Ozod qilinishi kerak bo‘lgan yigit qochqinlikka muhtoj edi. Aniqlanishicha, FSBning advokatlari Sarvarga o‘xshaganlar nomidan “qochqinlikka” ariza berib, hamma instansiyalarni o‘tib, “yo‘q” degan javobni olib, hujjatni rasmiylashtirib qo‘yar ekan va keyin osongina ularni yo topshirib yuboradi, yo boshqa holatda ishlatvorar ekan.

Alekseevka temir yo‘l bekati
Alekseevka temir yo‘l bekati

Men bilan birga koloniya oldida bir ukrain ayolning o‘g‘li ozod etilishini kutdi. Men ichkariga kirganimda, bir “Gazel”da “qora niqobda”gi FSB xodimlari Sarvarni olib ketishgan. Koloniya rahbari muovini operativ xodim Kuznyak Evgeniy Viktorovich “Sizlarning MXXlaring bizning FSB bilan hamkorlik qilyaptiku”, dedi. Menga shu gapning o‘zi yetarli! U “Sarvar hozir chiqib ketdi. Vokzal tomon ketdi”, dedi. Oxiri, bu ayolning o‘g‘lini olib chiqqan politsiya xodimi o‘sha yerdagi FMSchiga “Mardieva uje uvezli v FSB”, deganini eshitib qoldim, dedi Bahrom Hamroev.

Huquq faoli politsiya xodimi so‘zlaridan Sarvar Mardiev haqiqatan oq rangdagi “Gazel” avtomashinasida Moskvaga olib ketilganini aniqlagan.

5-sonli koloniya rahbariyati Ozodlik so‘roviga Sarvar Mardiev darhaqiqat bugun ertalab koloniya tashqarisiga chiqarib yuborilganini tasdiqladi.

- Kim? Sarvar, O‘zbekiston fuqarosi, adashmasam. Ha uni chiqarib yubordik, deya gapni uzdi qamoqxona navbatchi ofitseri.

Hamroev o‘zbekistonlik mahbus Mardievning koloniya ma’muriyatining bevosita noqonuniy ko‘magida yo‘qolib qolganini iddao qildi.

Uning bildirishicha, Rossiya qamoqxonalari rahbariyatlariga “yuqoridan” qamoqxonalarda o‘tirgan xorijliklarni o‘z yurtiga chiqarib yuborilishi kerakligi to‘g‘risida maxsus qaror yuborilgan.

Koloniya darvozasi oldida
Koloniya darvozasi oldida

- Bu qamoqda o‘tirganlarni shunchaki qurbonlik ham qilishyapti: qachonki bular ishsiz qolsa, Sarvarga o‘xshaganlar, masalan, O‘zbekistonga olib ketilib o‘ldirilgan G‘aniev Javliddindek qurbonlik qilinayapti. Mardiev bu yerda soxta hujjatlar bilan yurganlikda ayblanib, sud qilingan va 3 yildan ko‘proq o‘tirgan. U menga qamoqdaligida “Meni deportatsiya qilishmasin O‘zbekistonga”, deb menga murojaat qilgan. Qashqadaryodan uni og‘aynilari qo‘ng‘iroq qilib, “Akajon, shu ukamiz uyida SNB xodimlari kelib tintuv o‘tkazdi. Jihodchilarga qo‘shilayotgan ekan, degan gaplar bilan savol-so‘roq qilgan ekan yaqinlarini”, deyishdi. Xullas, Sarvarning uydagilarini qo‘rquv ostiga olib, allaqanday hujjatlarga qo‘l qo‘ydirib olishgan, dedi Bahrom Hamroev.

Suhbatdosh SNB va, ayniqsa, MXX xodimlari qiziqqan shaxs ayblanmasdan va sudlanmasdan qolmasligiga ham ishonishini aytdi. U Sarvar Mardievning koloniya ichkarisidan g‘oyib bo‘lishini uning O‘zbekistonga berib yuborish uchun o‘g‘irlangani bilan bog‘ladi.

“Yordam” tashkiloti raisi so‘nggi yillarda Rossiyadan o‘nlab muhojir va qochqin qonunga xilof ravishda o‘g‘irlab ketilganini ham ma’lum qildi.

Ozodlik 1987 yilda Qarshi shaxrida tug‘ilgan Mardiev Sarvar Abdulloevichning keyingi taqdiriga oid xabarlarni kuzatib boradi.

Bundan oldin ham Rossiya va O‘zbekiston maxfiy xizmatlari hamkorligida Rossiyadan ko‘plab diniy va siyosiy qochqinlarning o‘g‘irlab ketilishi holatlari bo‘lgan.

O‘tgan yilning iyun oyida huquq faollari sayi-harakatlari tufayli Rossiyaning Oryol viloyatidagi koloniyadan 29 yoshli uchqo‘rg‘onlik Shahobiddin O‘rinovning noqonuniy o‘g‘irlab ketilishi oldi olingan edi. 4 yildan buyon rus qamoqxonalarida qolayotgan O‘rinov O‘zbekistonda terrorchilik, davlat to‘ntarishini uyushtirish, noqonuniy tashkilotlarga aloqadorlikda ayblanmoqda.

2014 yilning sentyabrida Oryol shahridagi 5-sonli koloniyadan O‘zbekistonga o‘g‘irlab ketilgan va uzoq muddatga hukm etilgan surxonlik 49 yoshli diniy qochqin Javliddin G‘anievning jasadi O‘zbekistondagi hibsxonadan chiqqani to‘g‘risida Ozodlik oldinroq xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG