Линклар

logo-print

Turkiyada suriyalik besh odam, jumladan, uch yashar bolakay Aylan Kurdiyning o‘limida ayblangan ikki suriyalik qamaldi.

Bodrum sudi suriyalik Mufavak Alabash va Asem Alfrxadni odam savdosida aybdor deb topib, ularni to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Ushbu ikki sudlanuvchi o‘lgan besh nafar suriyalik qochqinni Turkiyadan Gretsiyaga dengiz orqali jo‘natilishiga bosh-qosh bo‘lgan.

O‘tgan yilning sentyabr oyida asli Suriya-Turkiya chegarasidagi Kobani shahridan bo‘lgan 3 yashar Aylan Kurdiyning sohilda yotgan jasadi aks etgan surati tarqaldi.

Aylan akasi va onasi bilan birga Gretsiya hududiga qayiqda o‘tayotgan paytda cho‘kib ketgani ma’lum bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG