Линклар

O‘tgan hafta viloyat hokimlariga tayinlangan “bo‘ysunmas” o‘rinbosarlar MXX bilan yaqin aloqada ishlaydigan mitti struktura ekanligi aytilayapti.

Ozodlik manbasining aytishicha¸ shu paytgacha vazirliklarda mavjud bo‘lgan MXX mulozimlari bundan buyon markaziy hokimiyatning mahalliy hokimlik ichidagi ko‘z-quloq vazifasini bajaradi.

O‘zbekiston MXXning mutlaq nazoratiga o‘tdimi¸ degan savol javobini Qurultoy eshittirishida izladik.

Prezident Karimovning "oyog‘i yerdan uzilgan" hokimlar borasidagi tanqidi ortidan ularning vakolatini nazorat qiluvchi tizim joriy qilindi. Endilikda hokimning beshta o‘rinbosari yoniga oltinchi muovin tayinlandi. Bu muovin hokimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunmaydi.

O‘zbekiston Prezidentining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gijoriy yilning 24 fevralida imzolaganfarmoni viloyat hokimlarining joylardagi mutlaq hukmronligiga chek qo‘yishni ko‘zlagani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG