Линклар

Bir necha kun avval Checheniston rasmiylari yosh fuqarolar o‘zlarining diniy qarashlari va qaysi guruhga mansub ekanliklari ko‘rsatilgan “ruhiy-axloqiy pasport” olishga majburlanayotganini rad etishgan edi. Endi esa rasmiylar shunga o‘xshash “ruhiy-axloqiy so‘rovnoma” ta’sis qilishmoqchi.

Rossiya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, chechenistonliklarni maktab va masjidlarda ushbu so‘rovnomani to‘ldirishga chorlashmoqda.

The International Crisis Group tashkilotining Shimoliy Kavkaz bo‘yicha direktori Yekaterina Sokiryanskaya o‘z Facebook sahifasida mazkur so‘rvonomaning suratini qoldirdi:

So‘rovnomani to‘ldirayotgan shaxs o‘z fotosuratini tirkashi va shaxsiy ma’lumotlaridan Rossiya qonunlariga muvofiq ravishda foydalanilishiga ruxsat berishi shart.

Shuni e’tibroga olmaganda, so‘rovnoma avvalroq e’lon qilingan pasport formasiga o‘xshash. Bu forma ommaviy norozilikka uchragan, Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovni “mamlakatimizda bitta pasport bor, bu Rossiya fuqarosi pasportidir,” deyishga undagan edi.

So‘rovnomani to‘ldirayotgan shaxslar umumiy ma’lumot kiritishdan tashqari dinlarini, tayp, ya’ni qaysi urug‘ a’zosi ekanliklarini hamda vird, ya’ni diniy yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tishlari kerak. Fuqarolarning qaysi vird a’zosi ekanligi mumhim ahamiyatga ega, chunki Chechenistonda man qilingan vahobiylik tarafdorlarida vird bo‘lmaydi.

To‘ldirilgan so‘rovnomaga shaxsning boshlig‘i yoki maktab direktori, politsiya xodimi hamda imom imzo chekishi kerak. Shaxsning qarindoshi yoki diniy yetakchi to‘ldirilgan so‘rovnoma to‘g‘ri ekanligini tasdiqlashi hamda “mazkur shaxsning barcha harakatlariga va xulq-atvori uchun ma’suliyatni” o‘z bo‘yniga olishi kerak.

“Novaya gazeta” mustaqil gazetasi muharriri Yelena Milashinaga ko‘ra, bu qadam yoshlarning ekstremistik tashkilotlarga qo‘shilishi oldini olishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

“Agar bu shaxslar tark etsa nima bo‘ladi? U uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgan shaxs ham ayblanishini kutish mumkin. Checheniston turg‘unlaridan biri qizi pasport olib, Turkiya orqali Suriyaga borgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan edi,” deb yozdi Milashina.

Checheniston poytaxti bo‘lmish Grozniy turg‘uni Islom “Kavkaz tuguni” yangilik portaliga bergan intervьyusida so‘rovnoma chechenlarni boshqarishga urinayotgan rasmiylarning xavotirlaridan darak berishini aytdi.

“Men yoki birorta boshqa odam qonunni buzsa, Jinoiy kodeks bor. Udum, an’ana yoki dinimizga zid ish qilsam, odatlar (shariatda tilga olinmagan urf-odat hamda an’analar) va shariat bor”, dedi Islom.

(Nodir Otaev tarjimasi)

XS
SM
MD
LG