Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:58

TDPU talabalari stipendiyasi majburan 100 foiz plastikka o‘tkazildi


– Domlamiz kirib, hammani oldida tayyor arizani stolga qo‘yib, "hammang imzo qo‘yishlaring shart!", dedi. Hamma majbur bo‘ldi imzo qo‘yishga, - deydi TDPU talabasi.
– Domlamiz kirib, hammani oldida tayyor arizani stolga qo‘yib, "hammang imzo qo‘yishlaring shart!", dedi. Hamma majbur bo‘ldi imzo qo‘yishga, - deydi TDPU talabasi.

Toshkentdagi Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti talabalari stipendiyalarini 100 foiz plastik to‘lov kartalariga o‘tkazishga majbur bo‘lishmoqda. Talabalar bu haqda umumiy yozilgan arizaga imzo qo‘yishga majburlanyapti. Institutning ismi sir qolishini istagan talabalaridan birining Ozodlikka aytishicha, qarshilik qilgan talabalarga umuman stipendiya berilmasligi haqida ogohlantirilgan.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining talabalari shu paytgacha 30 foizini naqd olib kelgan stipendiyani naqd olmaydigan bo‘ldi.

Universitet rahbariyati barcha talabalardan yuz foiz stipendiyasini go‘yoki "o‘z xohishi bilan" plastik kartalarga o‘tkazishga rozilik berishi haqidagi umumiy arizaga imzo qo‘yishni talab qilmoqda.

Talabalar bunday umumiy arizaning bir nusxasini ham Ozodlikka taqdim etdi.

Bu fotosuratda "Ingliz tili va adabiyoti" ta’lim yo‘nalishida o‘qiydigan 26 nafar talabaning o‘z stipendiyalarini 100 foiz bank plastik kartochkalariga o‘tkazishga rozi ekanligi borasidagi imzolari aks etgan.

– Domlamiz kirib, hammani oldida tayyor arizani stolga qo‘yib, "hammang imzo qo‘yishlaring shart!", dedi. Hamma majbur bo‘ldi imzo qo‘yishga, - deydi TDPU talabasi.

Shu paytgacha institut talabalari stipendiyasining kamida 70 foizi plastik kartalariga majburiy tarzda o‘tkazib kelingan.

– Endi esa stipendiyaning 30 foizi ham qo‘limizga tegmaydigan bo‘ldi, deydi talaba.

So‘nggi paytlarda naqd pul taqchilligi bois nafaqat talabalar stipendiyalari, balki ishchilarning maoshlari hamda pensionerlarning nafaqalari ular xohlamasalar ham yuz foiz plastik kartochkasiga tushirib berilyapti.

Farg‘onaning Qo‘qon shahrida yashovchi 67 yoshli pensioner G‘afforxon ota bir necha oydan beri pensiya puli plastik kartochkaga o‘tkazilayotganini aytadi.

- Bu plastik bilan bozorga borib yegulik harid qilolmaysiz-da. Hamma joyda naqd pul so‘raydi. Oziq-ovqatni supermarketlardan sotib olay desang, u yerda ancha qimmat. Xalq bankiga pensiya pulini naqd pul qilib berishini so‘rab ariza topshirganimga qaramay, shu choqqacha hech qanday javob olganim yo‘q. "Naqd pul yo‘q", deyishadi. Juda oz qismini naqd berishadi, u yetmaydi-da. O‘zi 550 ming so‘m nafaqa olsam, shuni 30 foizini naqd beryapti-da. Nafaqani o‘zi hech narsaga yetmayaptiku, - deydi G‘afforxon ota.

O‘zbekistonda qariyb 10 yildan beri davom etayotgan oylik va nafaqalarni plastik kartochkalarga o‘tkazish jarayoni so‘nggi bir-ikki yil ichida ayniqsa kuchaydi.

O‘tgan yil Ozodlikka sizdirilgan O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosarining Bosh vazir Shavkat Mirziyoevga yo‘llagan hisobotda mamlakat iqtisodida vujudga kelgan naqd pul taqchilligi boisbanklarning oylik va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni vaqtida berish uchun naqd pul qolmagani to‘g‘risida ogohlantirilgan edi.

XS
SM
MD
LG