Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:08

AQSh va YeI Turkiyada "Zaman" gazetasiga qarshi reydlar yuzasidan xavotir bildirdi


AQSh va Yevropa Ittifoqi rasmiylari Turkiyada "Zaman" gazetasi tahririyatiga uyushtirilgan reydlar mamlakatda so‘z erkinligini xavf ostiga qo‘yishi mumkinligi borasida xavotir bildirdi.

Juma kuni Turkiya politsiyasi muxolifatdagi "Zaman" gazetasining Istanbuldagi binosiga bostirib kirdi, tahririyat oldida to‘plangan namoyishchilarga qarata ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz va suv purkagichlarni qo‘lladi.

"Zaman" gazetasi AQShda qochqinlikda yashayotgan turk ulamosi Fatxulla Gulenga aloqador ko‘riladi.

Turkiya prezidenti Rejap Erdo‘g‘on Gulenni o‘z hukumatiga qarshi fitnada ayblab keladi.

Istanbuldagi reydlardan bir kun o‘tib "Zaman" gazetasi faoliyatini qayta boshlagani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG