Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:36

AQShdagi saylovlarda Donald Tramp va Hillari Klinton oldinda bormoqda


AQShda prezidentlikka nomzodlik uchun respublikachi va demokratlardan da’vogarlar Donald Tramp va Hillari Klintonlar bir qator shtatlarda 5 mart kuni o‘tgan dastlabki saylovlarda yana yetakchilikni saqlab qoldi.

Respublikachi milliarder Donald Tramp Luiziana va Kentukkida g‘alaba qozondi. Uning raqibi senator Ted Kruz esa Meyn va Kanzas shtatlarida g‘olib chiqdi.

Demokratlar o‘rtasidagi saylovlarda esa hozirgacha yetakchilik qilayotgan Hillari Klinton Luizianadagi praymerizlarda g‘alabaga erishdi. Uning raqibi Berni Sanders Kanzas va Nebraska saylovlarini qozondi.

Aksar ekspertlar shu yil 8 noyabrda o‘tadigan prezidentlik saylovida Hillari Klinton demokratlardan nomzod bo‘lishini bashorat qilmoqda. Respublikachilardan esa Donald Trampning nomini bashorat qilayotganlar oz emas.

Garchi respublikachilarning taniqli vakillari orasida ham keskin tanqid qilinayotgan bo‘lsa-da, Tramp shu kungacha o‘tgan praymerizlarda yetakchilikni qo‘lda saqlab qoldi.

XS
SM
MD
LG