Линклар

Istanbulda Turkiyadagi muxolif bo‘lgan Zaman gazetasi tahririyatining yopib qo‘yilishidan norozilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y berdi.

Shanba kungi to‘qnashuvlarda olomonni tarqatish uchun politsiya ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz va rezina o‘qlardan foydalandi. Politsiya reydidan bir necha soat o‘tib, gazeta tahririyati ochildi.

Bu voqeani kuzatayotgan YeI mulozimlari va inson huquqlari himoyachilari Turkiya hukumatini muxolif gazeta tahririyatiga bostirib kirish harakatlari uchun qoralamoqda.

Yevropa Komissiyasi a’zosi Yoxannes Xan Twitter sahifasida Turkiya YeIga qo‘shilishni istagan nomzod sifatida matbuot erkinligini hurmat qilishi lozimligini ta’kidladi.

Juma kuni Turkiya politsiyasi muxolifatdagi Zaman gazetasining Istanbuldagi binosiga bostirib kirgan, tahririyat oldida to‘plangan namoyishchilarga qarata ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz va suv purkagichlarni qo‘llagan edi.

Gazeta AQShda qochqinlikda yashayotgan turk ulamosi Fatxulla Gulenga aloqador ko‘riladi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Gulenni o‘z hukumatiga qarshi fitnada ayblab keladi.

Istanbuldagi reydlardan bir kun o‘tib "Zaman" gazetasi faoliyatini qayta boshlagani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG