Линклар

Rossiya shimolidagi Komi respublikasida joylashgan «Severnaya» shaxtasi ketma-ket portlashlardan so‘ng to‘liq yopiladigan bo‘ldi.

Bu haqda «Vorkutaugol» shirkati matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, shaxta 60-80 kunlik muddat ichida suvga cho‘ktiriladi.

25 fevral kuni 780 metr chuqurlikda joylashgan shaxtada kuchli oqimdagi metan gazi otildi va ikkita portlash sodir bo‘ldi. Natijada, tog‘ jinslari shaxtaning bir qismini ko‘mib qo‘ydi. Vayronalar ostida yong‘in chiqdi va u hanuzgacha davom etmoqda.

Avvaliga to‘rt konchining o‘lgani xabar qilingan, 26 nafarining taqdiri noma’lum qolayotgan edi. 28 fevralga o‘tar tunda shaxtada uchinchi portlash bo‘ldi va bir necha qutqaruvchi nobud bo‘ldi. Bu portlashdan so‘ng rahbariyat 26 konchi ham o‘lgan, degan xulosaga keldi.

Shu tariqa, 36 kishi o‘limiga sabab bo‘lgan portlashlar ortidan Rossiyaning eng shimoliy nuqtasida joylashgan shaxtaning to‘liq yopilishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG