Линклар

Iroq poytaxti Bag‘dod yaqinida xudkush boshqargan avtomobil portlashi oqibatida o‘nlab odam qurbon bo‘ldi.

Iroq rasmiylari bergan ma’lumotga ko‘ra, kamida 29 odam o‘lgan va 47 nafari jarohatlangan.

Hilla shaharchasiga kiraverishdagi o‘tkazish-tekshiruv punktida portlash 6 mart kuni sodir etildi. Reuters agentligiga intervьyu bergan rasmiylar bu shaharcha tarixidagi eng yirik hujum ekanini qayd etdilar.

Hozircha xudkushlik hujumi uchun hech kim mas’uliyatni zimmasiga olgani yo‘q.

XS
SM
MD
LG