Линклар

logo-print

Rossiya prezidentining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Ella Pamfilova qamoqda qolayotgan ukrain uchuvchisi Nadejda Savchenko oilasiga qo‘ng‘iroq qildi.

Uchuvchining singlisi Vera bilan suhbatlashgan Ombudsmen Savchenkoning sog‘ligi qoniqarli ahvolda ekanini ma’lum qildi.

Bu telefon suhbati haqida Savchenkoning advokatlaridan biri Nikolay Polozov Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Pamfilovaning bayonotiga ko‘ra, tergov izolyatorida qolayotgan Nadejda Savchenkoning ahvoli muntazam ravishda vizual monitoring qilinmoqda.

Bundan tashqari, ukrainalik shiforkorlardan iborat guruh tuzilgani ham ma’lum qilindi, ammo guruhning qachon Savchenko yoniga qo‘yilishi noma’lum qolmoqda.

3 mart kungi sud majlisida Savchenko ochlik e’lon qilishini ma’lum qilgan. O‘sha kungi mahkamada sudya Savchenkoga so‘zlash huquqini bermagan, majlisni esa 9 martga qoldirgan edi.

XS
SM
MD
LG