Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:38

Peterburg kasalxonasiga yuzini kalamush talagan o‘zbek chaqalog‘i olib kelindi


Sankt Peterburg shahridagi 1-sonli bolalar kasalxonasiga shanba kuni ertalab yuzini kalamush bir necha marta tishlab ketgan o‘zbek chaqaloq olib kelindi.

Bu haqda 7 mart kuni Markaziy Osiyo yangiliklar xizmati Rossiya nashrlariga tayangan holda xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, qizning onasi 29 yoshli o‘zbekistonlik ayol bo‘lgan. U 4 oylik qizini o‘zi ijaraga olgan hovli uyda 2 soatga qarovsiz qoldirib ketishga majbur bo‘lganini aytgan. Mana shu ikki soat davomida qizchaning yuzini bir necha marta kalamushlar tishlab ketgan.

Rus nashrlari Peterburgda o‘zbekistonlik ayol noqonuniy yashab kelgani va u chaqaloqni qarovsiz tashlab ketgani yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilayotganini yozgan.

XS
SM
MD
LG