Линклар

Kievda yakshanba kuni yuzlab norozilar Rossiya elchixonasi oldida miting o‘tkazib, uchuvchi Nadejda Savchenko ozod etilishini talab qildi.

Namoyishchilar Rossiya elchixonasi binosiga tosh va tuxum otib, bir nechta oynalarni sindirdi, shundan so‘ng bir avtomashinani vayron qilib, Rossiya bayrog‘iga o‘t qo‘ydi.

Nadejda Savchenko 2014 yil iyulida Ukraina hududidan o‘g‘irincha ravishda Rossiyaga olib chiqib ketilgan edi. Rossiyada uchuvchi ayol Ukrainadagi fuqarolar urushini yoritayotgan ikki rus jurnalistning o‘limida ayblanmoqda.

Savchenkoga 9 mart kuni hukm o‘qilishi mumkin. Prokuror ukrain uchuvchisiga 23 yillik qamoq jazosi so‘ramoqda. Savchenko o‘ziga bildirilgan ayblovni tan olmagan.

Sud Savchenkoni so‘nggi so‘zdan mahrum qilganidan so‘ng uchuvchi ayol 10 kunlik ochlik e’lon qilgan.

XS
SM
MD
LG