Линклар

O‘zbekistonda “Sog‘lom ona va bola yili” loyihalarini amalga oshirish uchun 7 trillion 483 milliard 300 million so‘m va 194 million 400 ming dollar mablag‘ ajratildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti ayollarni 8-mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qutlagan tabrigida ma’lum qildi.

Tabrikda aytilishicha, O‘zbekiston hukumati ayollar va qizlarning har tomonlama rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Jumladan, 2015 yilda tadbirkor ayollarga 1 trillion 255 milliard so‘m kredit berilgan. Bu esa 2014 yilga nisbatan 130 foizga ko‘pdir.

Prezident o‘z tabrigida o‘tgan yili kollejlarni bitirgan 230 min qiz ishga joylashtirilgani, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan 6 ming qizga 51 milliard so‘mdan ko‘proq kredit berilganini ham ta’kidlagan.

XS
SM
MD
LG