Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:05

Ukrainadagi urushda qatnashgan rus askarlari jasadlari Rossiyaga olib ketildi


Ukraina sharqida fuqarolik urushi ketayotgan Donbass mintaqasidan Rossiyaga halok bo‘lgan 15 nafar rus askarining jasadi olib kelindi.

Bu haqda 6 mart kuni “Ukrainskaya pravda" nashri Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasiga tayangan holda xabar tarqatdi. Xabarda aytilishicha, jasadlar 4 mart kuni Donetsk viloyat kaksalxonasining o‘likxonasidan olib ketilgan.

Ukraina razvedkasi rossiyaparast isyonchilar nazoratidagi Donbass mintaqasida “3-maxsus motoo‘qchi brigada” qo‘mondoni vazifasini familiyasi Sokolov deb o‘zgartirilgan Rossiya generali Igor Timofeev egallab turganini ham bildirgan.

Rossiya esa 2014 yildan beri davom etayotgan Ukraina hududidagi fuqarolar urushiga aralashayotgani va isyonchilarga ko‘mak ko‘rsatayotganini inkor qilib keladi.

XS
SM
MD
LG