Линклар

Shanba kuni Qirg‘iziston chegarachilari Ola- Buqa chegara otryadida O‘zbekistonga olib o‘tilayotgan 129 dona “Samsung Galaxy” smartfonini ushlab qoldi.

CA-NEWS agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2 million qirg‘iz somi (taxminan 28000 AQSh dollari) miqdoridagi ushbu smarfonlar Qirg‘izistondan O‘zbekistonga noqonuniy tarzda olib o‘tilayotgani aniqlangan.

Kontrabandachi shaxs yonidan yana 1 million som (taxminan 14000 AQSh dollari) miqdoridagi tibbiy preparatlar topilgan.

Qirg‘izistonlik ekani aytilayotgan ushbu shaxs hibsga olinib, hozirda unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

XS
SM
MD
LG