Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:59

Sochida O‘zbekistondan borgan 20 kilo nosvoy musodara etildi


So‘nggi ikki hafta ichida O‘zbekistondan Sochiga olib kirishga harakat qilingan jami 20 kilogramm nosvoy musodara qilindi.

CA-NEWS ma’lumotiga ko‘ra, nosvoy Sochi aeroportida olib qo‘yilgan.

Nosvoy topilgan o‘zbekistonliklar uni do‘stlariga sovg‘a sifatida olib ketayotganliklarini aytishgan.

Rossiya nosvoyni mamlakatga olib kirilishini qonunan taqiqlagan. Biroq olib kirgan shaxs ushlangan taqdirda unga qanday jazo berilishi noma’lum.

So‘nggi yillarda Rossiyada markaziy osiyolik muhojirlar ko‘pligi bois lab yoki tilning tagiga tashlab chekiladigan tamaki qorishmasi bo‘lgan nosvoyga talab ortgani kuzatiladi.

Rossiyaga nosvoyni olib kelish bilan asosan Markaziy Osiyo, mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston fuqarolari shug‘ullanadi. Odatda, ular nosvoyni Rossiyaga noqonuniy yo‘llar bilan olib kelishadi.

Shifokorlarga ko‘ra, nosvoyni surunkali chekish oshqozon yarasi va saraton kasalliklarini keltirib chiqaradi.

XS
SM
MD
LG