Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:58

Chagaev oltin kamarni qaytarib olish uchun revansh jangga chiqmoqchi


5 mart kuni Grozniyda o‘tkazilgan himoya jangida WBA kamarini avstraliyalik raqibi Lukas Braunga yutqazib qo‘ygan o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagaevning matbuot kotibi Temur Dugazaev Ozodlik bilan suhbatda o‘zbek bokschisi nomidan texnik mag‘lubiyati uchun uzr so‘radi. Dugazaevga ko‘ra, Chagaev kamarini qaytarib olish uchun aprel oyida raqibi bilan revansh jangga tushadi.

- Ruslan Chagaev sudya uni mushtlashuvdan to‘xtatganida g‘azabi keldi. Bunday g‘azab boks o‘yini mutlaq g‘alaba bilan tugashini bilganlar uchun tushunarli edi. Ammo biz Olloh irodasiga bo‘ysungan odamlar sifatida sabr qilamiz. Hakam ustidan appelyatsiya shikoyati ëzmaymiz. Lekin kamarni qaytarib olish uchun Ruslan Chagaev revansh musobaqasi talab qildi. Inshoollo Ruslan o‘z raqibidan qasos olib, o‘zbek muxlislari oldidagi qarzini qaytaradi, dedi Temur Dugazaev Ozodlik bilan suhbatda.

Ozodlik muxbiri Shuhrat Bobojon Ruslan Chagaev bilan Germaniyadagi jangdan so‘ng
Ozodlik muxbiri Shuhrat Bobojon Ruslan Chagaev bilan Germaniyadagi jangdan so‘ng

Shu onda Ruslan Chagaevning kayfiyati qanday degan savolimizga javob bergan Temur Dugazaev uning jismoniy jihatdan kurashga shayligi¸ ammo ruhan tushkun ekanligini aytdi:

- U mag‘lubiyat alamini tortmoqda. Lekin Ruslan jang paytida juda shiddatli edi. U ring arqoni yonida zarbaga shay bo‘lib turganida hakam uni to‘xtatib qoldi. Buni yaxshi yoki yomonligini baholay olmaymiz. Balkim shunday bo‘lgani ham yaxshidir¸ chunki Ruslanning salomatligiga zarar yetmadi. Ikkinchi tarafdan hakam to‘xtatmaganida Ruslanning g‘alaba daftarida yana bir muzaffar sahifa ochilgan bo‘lar edi. Bularning hammasi o‘tdi. Biz ba’zi xatolarimizni ham analiz qilyapmiz. Biz revansh-match talab qilyapmiz. Kelasi jang aprel oyida Ruslan jangga tayyor. Raqibni ham omadi keldi. Ruslan uni burchakka tiqib mushtlayotganda bong uni qutqarib qoldi. Biz e’tiqodli odam sifatida taqdir bu safar raqibga kulib boqqanini tushunamiz va keyingi safar zafar bizga yor bo‘lishi uchun tayyorlanyapmiz¸ dedi Ruslan Chagaevning matbuot kotibi Temur Dugazaev.

Eslatib o‘tamiz, 5 mart oqshomida Grozniy shahridagi Sport Xolle Kolizey saroyida o‘tgan 13ta jangning 11tasida "Axmat" sport klubi vakillari g‘alaba qilishdi. "Kichik Tayson" laqabli Visxon Mirzabekov va "Oq Tayson" laqabli Ruslan Chagaev esa o‘z janglarida mag‘lubiyatga uchrashdi.

Mutaxassilar 9 raund davomida Ruslan Chagaev ustunlik qilganini qayd etishgan. 6 raundda u raqibini polga qulatishga ham muvaffaq bo‘lgan. 10 raundda esa Ruslan Chagaev kutilmaganda zarbani o‘tkazib yubordi va nokdaunga uchradi. U o‘rnidan ko‘tarilgan va jangni davom ettirgan bo‘lsada, Braun raqibiga bosim uyushtirgan vaqtda jang referisi Ruslan Chagaevga texnik mag‘lubiyat yozdi.

XS
SM
MD
LG