Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:35

Kiev: Ayirmachilar tinchlik sulhini bir kunda 38 marta buzdi


Ukraina harbiylari so‘nggi bir kun ichida Donbassda ayirmachilar tinchlik sulhini 38 marta buzgani haqida xabar qildi.

Ukraina sharqidagi harbiy harakatlar bo‘yicha shtabning matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, birgina Avdeevka tumaniga ayirmachilar tomonidan 80ta mina otilgan.

Mintaqadagi ko‘plab tumanlarda ham pulemyot va granatometlardan o‘qqa tutish holatlari kuzatilgan.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat sharqidagi harbiy to‘qnashuvlar natijasida shu paytgacha 2600 harbiy halok bo‘lgan, 9 mingdan ko‘proq askar jarohatlangan.

Kiev va G‘arb Ukraina sharqidagi ayirmachilarni Kreml dastaklayotganini ta’kidlab keladi. Rossiya esa bu ayblovlar inkor qilib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG