Линклар

Toshkentdagi "Qo‘yliq" bozorini buzib, uning o‘rniga turkcha andozadagi bozor qurish rejalashtirilayapti.

Sputnik agentligi xabariga ko‘ra, buning uchun 20 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Bozor hududidagi usti ochiq majmuani buzib, uning o‘rniga yopiq bino qurish rejalangan. Buning uchun mutaxasislar Turkiyaga borib, Anqara va Istanbul bozorlaridan andoza olishgan.

Rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi yil oxirigacha yakunlanishi kutilayapti.

Rejaga ko‘ra, majmuaning dehqon bozori ro‘parasidagi qismi ham keyingi yil buzilib, qayta ta’mirlanadi.

Shuningdek, "Qo‘yliq" bozori hududida viloyatlardan keluvchi savdogarlar uchun 260 o‘rinli mehmonxona qurilishi ham rejalashtirilgan.

Shu kunlarda poytaxtning Yunusobod tumanidagi qadimiy "Oloy" dehqon bozorining oziq-ovqat va quruq meva sotiladigan qismi ham qayta qurish uchun buzilayapti.

Toshkent shahar ma’muriyati joriy yilda poytaxtdagi "Mirobod", "Aviasozlar", "Navro‘z", "Sirg‘ali", "Yunusobod" bozorlari ham qayta qurilishini ma’lum qilgan.

XS
SM
MD
LG