Линклар

Qirg‘iziston parlamenti va mahalliy kengashlardagi deputat ayollar soni so‘nggi paytda keskin qisqarib ketdi. Bu haqda BMT bosh kotibining “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni hamjihatlikda to‘xtataylik” kampaniyasi xabarnomasida aytiladi.

Qirg‘iziston qonunchiligida parlamentda ayollarga 30 foizlik vakillik kvotasi ajratish ko‘zda tutilgan, biroq amalda bu minimal talab bajarilmayapti.

“2007 yilda [Qirg‘iziston parlamentida] deputat ayollar soni 25,5 foizni, 2010 yilda 22,3 foizni tashkil qilgan, 2015 yilda esa 19 foizni tashkil qildi”, deyiladi xabarnomada.

2016 yil bahori va kuzida Qirg‘izistonda mahalliy kengashlarga navbatdagi saylovlar bo‘lib o‘tadi. Bu saylovlar mahalliy miqyosda ayollar va erkaklar teng huquqliligini ta’minlash uchun konstitutsiyaviy kafolatlar amalga oshirilishi bo‘yicha tendensiyalarni yuzaga chiqarishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG