Линклар

200 dan ziyod siyosatchi va boshqa mashhur shaxslar Rossiyadan ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoni ozod qilishni talab qilish bo‘yicha “favqulodda choralar” ko‘rish chaqirig‘i bilan Yevropa liderlariga ochiq xat yo‘lladi.

Mazkur xatni imzolaganlardan biri - adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Svetlana Aleksievich Rossiya rasmiylarini “fuqarolik haqlari, xalqaro huquq va o‘z Konstitutsiyasi” ustidan kulayotganlikda ayblaydi.

Nadejda Savchenko 2014 yil iyulida Ukraina hududidan Rossiyaga o‘g‘irincha olib chiqib ketilgan. Rossiyada uchuvchi ayol Ukrainadagi fuqarolar urushini yoritayotgan ikki rus jurnalistining o‘limida ayblanmoqda.

Hozirda sudlanayotgan Savchenkoga nisbatan 9 mart kuni hukm o‘qilishi mumkin. Prokuror ukrain uchuvchisiga 23 yillik qamoq jazosi so‘ramoqda. Savchenko o‘ziga bildirilgan ayblovni tan olmagan.

Sud Savchenkoni so‘nggi so‘zdan mahrum qilganidan so‘ng uchuvchi ayol 10 kunlik ochlik e’lon qilgan.

XS
SM
MD
LG