Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:07

Kobulda Farxunda o‘limi bo‘yicha hukm o‘z kuchida qoldirildi


Afg‘oniston Oliy sudi kobullik toliba Farxunda Malikzodani Qur’oni Karimni yoqqanlikda ayblagan kishiga nisbatan 20 yillik qamoq jazosini o‘z kuchida qoldirdi.

Bu soxta ayblov natijasida ayol o‘tgan yilning mart oyida Afg‘oniston poytaxtidagi maqbara oldida g‘azablangan olomon tomonidan kaltaklab o‘ldirilgandi.

Sud Islomiy fiqh bo‘yicha o‘qiyotgan 27 yoshli Farxundani o‘ldirishda qatnashgan boshqa 12 ishtirokchiga nisbatan chiqarilgan 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish hukmini ham o‘z kuchida qoldirdi.

Afg‘oniston Oliy sudi apellyatsiya uchun so‘nggi instantsiya bo‘lib hisoblanadi.

Farxunda Malikzoda maqbara oldida tumor sotgan 60 yoshli Bashir Aziziyni g‘ayriislomiy ish bilan shug‘ullanayotganini aytganidan keyin u qizni Qur’onni yoqqanlikda ayblab chiqqandi.

Farxundani o‘ldirishga aloqadorligiga oid video yoyinlanganidan keyin Aziziy va yana uch kishi o‘lim jazosiga hukm qilingan. Apellyatsiya sudidan keyin bu jazo 20 yillik qamoq jazosiga almashtirilgan. Qotillikka aloqador to‘rtinchi shaxsga esa, uning balog‘atga yetmaganligini e’tiborga olgan holda, 10 yillik qamoq jazosi belgilangan.

XS
SM
MD
LG