Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:35

O‘zbekistonliklar mahalla oqsoqollarini saylaydi


Joriy yilning may-iyun oylarida O‘zbekistonda mahalla qo‘mitalariga saylov o‘tkaziladi.

Bu haqda ma’lumot tarqatgan O‘zbekiston Oliy Majlis Senati matbuot xizmatiga ko‘ra, bo‘lajak saylovlarda 9 ming 764 nafar mahalla qo‘mitasi raisi va ularning 99 mingdan ziyod maslahatchisi saylanishi rejalangan.

Mahalla qo‘mitasi raisligiga nomzod, odatda, oliy ma’lumotli bo‘lishi va saylov oldidan tegishli hududda kamida besh yil muntazam ravishda yashab kelgan bo‘lishi lozim.

O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi qarori bilan bo‘lajak saylovlarni uyushtirish va o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan.

O‘z-o‘zini boshqarishning eng kichik institutlaridan biri bo‘lgan, aholi manfaatlarini himoya qilish va uning nomidan qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mahalla qo‘mitalari mustaqil O‘zbekistonda davlat idoralariga xabar yetkazuvchi tizimga aylangani yuzasidan shikoyatlar bor.

XS
SM
MD
LG