Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:19

Eron harbiylari yana bir necha ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi


Eron hukumati harbiy kuchlar mamlakat bo‘ylab joylashgan bir necha raketa uchirish nuqtalarida ballistik raketalarni harbiy mashg‘ulot doirasida sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi.

ISNA axborot agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, Inqilob gvardiyasi tomonidan amalga oshirilgan bu mashg‘ulotlar "Eronning har qanday tahdidga munosib javob bershiga qodirligini ko‘rsatish maqsadida" o‘tkazilgan.

AQSh yanvar oyida Eronda ballistik raketalar dasturiga aloqador 11 shirkat va ularning mulozimlariga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy qilgan.

Undan avval Tehron yadroviy dasturi bo‘hronini hal qilish yo‘lidagi kelishuv evaziga Vashington Eronga nisbatan avval joriy qilingan sanksiyalarining asosiy qismini bekor qilgan edi.

XS
SM
MD
LG