Линклар

Pokiston shimoli-g‘arbidagi sud binosiga kiraverishda xudkush amalga oshirgan hujum qurbonlari soni 17 nafarga yetdi.

7 mart kuni Chorsadda tumanida sodir bo‘lgan portlash qurbonlari orasida ikki politsiyachi erkak va bir ayol hamda bir bola bor.

Qurbonlar hodisada og‘ir jarohat olgan va shifoxonada vafot etganlar hisobiga oshmoqda.

O‘zini "Jamaat ul-Ahror" deb atagan terrorchi guruh hujum uchun mas’uliyatni zimmasiga oldi. Bu guruh Pokiston Toliblariga aloqador ko‘riladi. Ular o‘z hujumini o‘tgan hafta hukumat tomonidan qatl etilgan etakchisi Mumtoz Qadriy uchun intiqom, deb atadi.

Mumtoz Qadriy 2011 yilda Peshovor hokimini o‘ldirganlikda aybdor topilib, dorga osilgan.

Chorsadda tumani Pokistonning qabilalar nazorati ostidagi qismiga tutashgan va Afg‘oniston chegarasiga yaqin joylashgan notinch tumanlardan biridir. Bu yerda hukumat kuchlari jangari guruhlarga qarshi harbiy amaliyotlarini davom ettirmoqda.

XS
SM
MD
LG