Линклар

Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati raisi Rayimberdi Duyshenbievning ma’lum qilishicha, shu kunda O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasining 55 ming metrlik qismi tikonli sim bilan to‘silgan.

AKIpress agentligi o‘tkazgan onlayn matbuot anjumanida qatnashgan rais ikki davlat o‘rtasidagi chegarada 20 ming metrlik handaq ham qazilganini aytib o‘tdi.

Shuningdek, Qirg‘iziston tomoni chegara uchastkalarini masofadan kuzatish uchun qo‘llaniladigan "Fokus-D" rusumidagi 3 ta optik-elektron modul va "Rasskaz" rusumidagi 1 ta radiolokatsiya uskunasini ishga tushirgani aytildi. 52 ta metal minora nazorat uchun qo‘llanilmoqda.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasi O‘zbekiston tomonidan qariyb to‘liq yopilgani bois, ikki qo‘shni xalq o‘rtasidagi eng muammoli masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Chegaraoldi hududlarida yashovchilar va savdogarlarning ko‘p hollarda chegarani buzib o‘tishga urinish hollari kuzatiladi.

XS
SM
MD
LG