Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:00

BMT YeI va Turkiyaning qochqinlarga oid kelishuvini tanqid qildi


BMT Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasida qochqinlar masalasida erishilgan dastlabki kelishuv shartlarini keskin tanqid qildi.

Mazkur shartnomaga muvofiq Yevropa Ittifoqi Turkiyaga bu mamlakat orqali Yevropaga kirib borgan suriyalik va afrikalik minglab qochqinlarni qaytarishi mumkin.

BMTning Qochqinlar ishi bo‘yicha Oliy komissarligi qochqinlarni jamoa tarzida qaytarish xalqaro qonunlarga zid kelishini bildirdi. BMTga ko‘ra, Yevropaga kelgan qoqchqinlarning 91 foizi urush bo‘layotgan hududlardan kelgan odamlardir.

Qochqinlar ishi bo‘yicha Oliy komissarlikning Yevropadagi vakolatxonasi rahbari Koshtel Turkiya 2 million 750 ming qochqinni qabul qilib, Yevropa Ittifoqiga nisbatan ko‘proq mehr-muruvvat ko‘rsatganini ta’kidladi.

7 martda Yevropa Ittifoqi va Turkiya Bryusselda o‘tgan muzokaralarda Yevropa noqonuniy migrant deb hisoblagan odamlarni Turkiyaga qaytarish evaziga bu mamlakatga beriladigan moliyaviy yordamni ko‘paytirishni hamda turk fuqarolariga Yevropa Ittifoqiga vizasiz kirish huquqini berishni kelishib olgan edi.

XS
SM
MD
LG